Ютуқларимиз

1.Maktabning Ingliz tili fani murabbiysi Toshpo’latova Sevara Mo’minjonovnaning 7-sinf o’quvchisi Anvarova Ruxshona Denov tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limi tomonidan II-darajali diplom bilan 2017-yil aprel oyida mukofotlangan.

2.Maktabning Ingliz tili fani murabbiysi Toshpo’latova Sevara Mo’minjonovna tayyorlagan maktab o’quvchilari jamoasi «QUVNOQ CHET TILI» musobaqasining tuman bosqichida faxrli I-o’rinni 2017-yil 20-mayda egallagan.

3. Maktabning Ingliz tili o’qituvchisi Toshpo’latova Sevara Mo’minjonovnaning «Chet tilida madaniyatlararo muloqotni o’rganishning dolzarb masalalari» ilmiy ta’limiy anjumanda so’zlagan nutqi.

BOSHLANGICH SINFLARDA CHET TILNI UTSITISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA UZLUKSIZ TA’LIMNING
O‘RNI

Surxondaryo viloyati Denov tumani
№ 79 maktab, ingliz tili o‘qituvchisi
Toshpo‘latova Sevara Mo‘minjonovna

Uzluksiz ta’lim tizimiiing maktabgacha va kichik maktab yoshidan boshlab xorijiy tillarni o‘rganishni boshlashi tezroq va mustahkamrok bo‘ladi. Bolalarning fonegmatik eshitish qobilyati juda rivojlanganligi sabab ular barcha yangi so‘zlarni yaxshi o‘zlashtiradilar. 4-8 yoshli bolalar nafaqat so‘zlarni, balki ularning xususiyatlarini ham imitatsiya qila oladilar.

Xorijiy tillarni o‘rganishga nisbatan eng qulay davr bu 5-8 yosh bo‘lib, bu davrda bola tomonidan o‘z ona tilini o‘rganish tizimi to‘liq egallangan bo‘lib, xorijiy tilni egallashga u ongli ravishda yondashadi, atrofdagilar bilan xorijiy tilda aloqaga kirishish qiyinchilik tug‘dirmaydi. Bolalikda xorijiy tilni o‘rganish jarayoni orqali rivojlanadigan analitik layoqatlar bolaning kommunikativ qobilyatlari rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 10 yoshdan so‘ng xorijiy tillarni o‘rganuvchi bolalarning faqatgina 5 foizigina so‘zlarni aksensiz talaffuz etishi mumkin. Shuning uchun ham xorijiy tillarni erta boshlash samarali hisoblanadi.

Uzliksiz ta’lim tizimining asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ham xorijiy tillarni o‘rganish soxasida muayyan tajribalar to‘plangan bo‘lib, maskur tajribalar asnosida 2013/2014 o‘quv yilidan boshlab respublikaning barcha xududlarida chet tillarni, asosan, ingliz tilini o‘rganish jarayoni boshlang‘ich sinflardan, ya’ni birinchi sinfdan boshlab amalga oshirish ustuvor vazifalardan hisoblanmoqda. Ingliz tilini boshlang‘ich o‘zlashtirishda dastlabki o‘quv jarayonlarini vaziyatli va ta’limiy o‘yinlarni qo‘llash orqali o‘quvchi nutqini rivojlantirish maqsadida tashkil etiladi. Shu sababli ingliz tilini o‘rganishda foydalanadigan didaktik o‘yinlarni tanlash va saralash zarur.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlangich ta’limining ikkinchi sinfdan boshlab, vaziyatli va ta’limiy o‘yinlarni qo‘llash og‘zaki nutqni rivojlantirish barobarida o‘quvchilar tomonidan mazkur tilning alifbosi, o‘qish gramatikani o‘zlashtirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Ingliz tili darslarida o‘quvchilarning faolligiga erishishi ta’limning metod va usullarini to‘g‘ri tanlay olish bilan bog‘liqdir. Metodik adabiyotlarning taxliliga ko‘ra, muayyan metod va usullar yordamida o‘quvchilarning bilish faolligi ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi: fanga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish, o‘quvchilarning mustaqilligini ta’minlash.

Dars jarayonida axbarot texnalogiyalari vositalaridan foydalanish ham o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qizikishlarini va bilish faolligini oshiradi, o‘quvchilarni quvonch bilan ishlari va dars davomida uchraydigan qiyinchiliklarni oson yengishga yordam beradi. Kattalarga nisbatan yosh bolalarning, ayniqsa kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning diqqati chegaralanganligi tufayli dars jarayonining 7-8 daqiqasida erkin mashg‘ulot tashkil qilib turish maqsadga muvofiq. Boshlang‘ich sinflarda chet tilda muloqat qilish asoslari og‘zaki va yozma nutqqa e’tiborni qaratish bilan belgilanadi. O‘quv vaqtining asosiy qismi talaffuz, graffik, orfografik,leksik va gramatik ko‘nikmalarni shakllantirishga ajratiladi. Mutaxassis olimlarning ta’kidlashilaricha, bola 9 yoshgacha til egallash bo‘yicha o‘ziga xos mutaxasis bo‘ladi. Bolalar tomonidan xorijiy tillarni nisbatan oson o‘zlashtirishini impriting xodisasi bilan bog‘lash mumkin bo‘lib, bu xodisa tez esda olib qolishni, so‘zlarda nutqda birikmalar va jumlalar hosil qila oladigan darajada to‘g‘ri foydalanishni ko‘zda tutadi.

Psixolog olimlar esa, 8 yoshgacha bolada impriting uchun qulay bo‘lgan yosh deb hisoblashadi. Bunga ko‘ra, agar bolalarga 5-6 yoshdan boshlab xorijiy tillar o‘rgatilib borilsa, 2-3 yil ichida ularga til bo‘yicha bir muncha ko‘p material berib, ulardan ogzaki nutqda foydalanish qoidalarini samarali tashkil etish mumkin. Bu jarayon samaradorligi bolaning yodda saqlab qolish xususiyatlari bilan bog‘lik.

Kichkina bolalarda operativ xotira ko‘nikmalari xali shakllanmagan bo‘lib, so‘zlani esda olib qolish mexanizmini asosan bola doimiy ravishda foydalanadigan ona tili bo‘yicha esda olib qolishning doimiy mexanizmlari bilan bir xil bo‘ladi. Umum ta’lim maktablaridagi ingliz tili darslarida o‘quvchilar, asosan, matnni o‘qish, yangi so‘zlar ustida ishlash, grammatik mashq va topshiriqlarni bajarish orqali mavzularni o‘zlashtiradilar. O‘qituvchi uni o‘rganish jarayonida ularning nutq malakalarini o‘stirish, ularga matnlarni tarjima qilishni o‘rgatish, turli sharoitda o‘kuvchilarda erkin fikr yurita bilish ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish, darslarda zamonaviy pedagogik texnalogiyalar, jumladan, interfaol metodlardan foydalanish, o‘kituvchi va o‘quvchi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik munosabatlarini amalga oshirish kabi pedagogik vazifalar bajariladi.

Xorijiy tilni o‘rganish jarayonida noan’aviy ta’lim texnalogiyalari asosida tashkil etilgan darsda o‘quvchilarning mustaqil o‘qib-o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqi oshadi, ularda o‘quv materiallarini o‘zlashtirishga nisbatan ijodiy yondashuv qaror topadi, kasbiy tayyorgarlik, malaka va ko‘nikmalar takomillashtiriladi, natijada ingliz tili ta’limi sifati va samaradorligini oshiradi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining kichik yoshdagi o‘quvchilaridan tortib to yuqori sinf o‘quvchilarigacha bo‘lgan vaqt davomida ularning yoshi ulg‘ayishi bilan uning imkoniyatlari xam kengayib boradi, yani ingliz tilidagi tovushlarni o‘zlashtirish, ularni to‘g‘ri talaffuz qila bilish, yangi so‘z yasash va so‘zlashish, savollarga imkon darajasida javob qaytarishga bo‘lgan qiziqishlari borishi kuzatiladi.

4. Maktabning Ingliz tili fani o’qituvchisi Toshpo’latova Sevara Mo’minjonovnaning «Boshlang’ich ta’lim va jismoniy madaniyat yo’nalishida sifat va samadorlikni oshirish: muammo va yechimlari » xalqaro ilmiy konferensiyada so’zlagan nutqi.